Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.
O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.
O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniya, Litva va Lyuksemburgning oltita ish beruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi. Jumladan, Germaniyada avtomobilsozlik, elektronika, hamshiralik ishi va parvarishi (keksalarga qarash) mutaxassislari vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlari soni to‘rt baravar oshganini aytdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumotlarni rad etib, aksincha, ularning soni kamayganiga ishora qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo tufayli yo‘llarda kuzatilayotgan noqulayliklardan ogohlantirdi. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Moskva viloyatining Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yuz bergan yong‘inda 2 kishi jarohatlangan va 4 kishi vafot etgan. Tashqi mehnat migratsiyasining Moskvadagi vakolatxonasi vafot etganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqladi.
2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Fuqarolar hozirda belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi.
Toshkentning ikkita tumanida hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va Azizbek Yunusov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Ular, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting